City Palace

Shahar markazidagi to'rt yulduzli mehmonxona

City Palace


City Palace mehmonxonasi Toshkent shahar markazida joylashgan. Mehmonxona 1999 – yilda qurilgan va 2007 – yilda qayta ta’mirdan chiqarilgan. Hozirda mehmonxonada jami 250 ta xona mavjud. Ularning 7 tasi “lyuks”, bir nechta Prezident xonalari va chekmaydiganlar uchun alohida 60 ta xonalardir. Bundan tashqari, jismoniy faoliyati cheklangan mehmonlar uchun ham alohida takliflar kiritilgan.

Mehmonxona ichida “Amudaryo”, “Olivkovaya rosha”, “Kebab xona” kabi restoranalar faoliyat yuritmoqda. O’z jismoniy holatiga alohida e’tibor beradigan tashrif buyuruvchilar esa mehmonxona hududidagi trenajor zali, qishgi va yozgi suv havzalari hamda tennis kortlaridan bemalol foydalanishlari mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, mehmonxonada 200 kishiga mo’ljallangan, turli xalqaro tadbirlarni o’tkazishga moslashtirilgan majlislar zali ham ishlab turibdi.

UzVisit loyihasining birlamchi maqsadi doimo xolisona qolish va foydalanuvchiga tanlash imkoniyatni yaratib berish bo’lganligi sabab, bizning jamoa 180 dan ortiq tashrif buyuruvchilar tomonidan yozib qoldirilgan fikr-mulohazalarni o’rganib chiqdi va natijani sizga taqdim etadi.



Joylashgan o'rni

  • Shahar: Tashkent
  • Manzil: Amir Temur street 15

Bog'lanishlar


What's close to this place