Lotte City Mehmonxonasi

Tajribali Mehmonxona

Lotte City Mehmonxonasi


Xizmat safari bilan tashrif buyurgan xorijiy mehmonlarning asosiy tanlovi hisoblangan Lotte city mehmonxonasi, Toshkent shahrining markaziy mehmonxonalaridan biridir. Lotte city boshqaruvida yuz bergan o’zgarishlardan so’ng, mehmonxonaning eski ammo shinam binosi 2013 - yilda qayta ta’mirdan chiqarildi. Qulay nuqtada joylashgan mehmonxona kerakli manzilga oson yetib olish imkonini beradi, Toshkent Xalqaro Aeroportiga yetib olish uchun talab etiladigan vaqt esa 15 daqiqani tashkil etadi. Bino eshigidan chiqib, yo’lni kesib o’tishingiz bilan tez-tez muhim san’at kechalari o’tkazib turiladigan Alisher Navoiy Nomidagi Opera va Balet Teartri maydoniga kirib qolasiz, aynan shuyerda shaharning yana bir ajoyib musiqaviy fontanini uchratishingiz mumkin. Ochiq osmon ostidagi "Sharq Yulduzi" restorani binoning eng tepa qismida joylashgan bo’lib, ayniqsa tunda shaharning go’zal manzarasidan bahramand bo’lish imkonini beradi. Binoning pastgi chap tomon burchagida "Royal Bar" karaoke ko’ngilochar maskani faoliyat yuritadi, va ta’kidlash joizki, bu joyga Toshkent shahri aholisi tomonidan juda yuqori baho beriladi.

Tashrif buyuruvchilar o’z bo’sh vaqtlarini maroqli o’tkazishlari uchun mo’ljallangan ochiq suv havzasi va yozgi restoran mehmoxona hovlisidan o’rin olgan.

Hozirda mehmonxona o’z mijozlariga har xil turdagi 232 ta xonani taklif etmoqda. Chekmaydigan mehmonlar uchun alohida xonalar belgilab qo’yilgan. Uncha katta bo’lmagan, biroq barcha zarur anjomlar bilan jihozlangan konferensiyalar zali ham foydalanish uchun tayyor.

Bundan tashqari mijozlar qulayligi uchun mehmonxonada trenajor zali, sauna, uqalash xizmatlari va go’zallik saloni ham faoliyat olib bormoqda.



Joylashgan o'rni

  • Shahar: Tashkent
  • Manzil: 56 Buyuk Turon ko'chasi

Bog'lanishlar