Amir Temur Xiyoboni

Poytaxat markazi

Amir Temur Xiyoboni


Shaharning ham geografik, ham tom ma’nodagi markazi hisoblangan Amir Temur xiyoboni tarixi 1882 – yil va general M. Chernyaev nomi bilan bog’lanadi. Aynan shu tarixiy shaxs buyrug’I bilan barpo etilgan xiyobon bir necha marta o’z ko’rinishi va tuzlishini o’zgartirgan bo’lsa ham, hozirga qadar o’z ahamiyatini yo’qotmay kelmoqda. Sababi Forumlar saroyi, Toshkent egizak soatlari, Temuriylar sulolasi davlat muzeyi kabi poytaxt ramzlari sanalmish binolar aynan Amir Temur xiyoboni atrofida joylashgan. Bundan tashqari, xiyobonni o’rab turgan keng yo’l nafaqat shaharning muhim ko’chalariga, balki qo’shni davlatlarga yetaklaydigan yo’nalishlarni ham boshlab beradi.

Amir Temur Xiyoboni o’zining hozirgi ko’rinishiga 1994 – yilda mustaqilligimizning 3 yilligi munosabati bilan keltirilgan. Hukumat tomonidan 2009 – yilda ta’sis etilgan "Xiyobon va uning atrofini qayta ta’mirlash tadbirlari" doirasida xiyobon atrofi va maydoni ancha keng va yorug’ tusga kirdi.

Xiyobon qoq markazidan o’rin egallagan buyuk davlat arbobi Amir Temur haykali va marmar tosh ustiga yozilgan uning "Kuch – adolatdadir" shoiri, bobokalonimiz xotirasiga bo’lgan abadiy hurmat belgisidir. O’zbekiston mehmomxonasi to’g’risida joylashgan xiyobon ayniqsa, tunda o’z vaqtingizni sokin o’tkazishga imkoniyat beradi. Xiyobonni kesib o’tib to’g’riga Brodvey orqali yurganingizda Mustaqillik maydoniga kelib qolasiz.



Joylashgan o'rni

  • Shahar: Toshkent
  • Manzil: Mirobod tumani

Bog'lanishlar

  • Telefon:
  • Vebsayt: