Hazrati Imom majmuasi

Toshkentning diniy markazi

Hazrati Imom majmuasi


Hasti Imom majmuasi bir necha asrlardan buyon o'zining Toshkent shahri diniy markazi sifatidagi ahamiyatini saqlab kelmoqda. Hasti Imom(Hazrati Imom) poytaxtning eski shahar qismidagi 1966-yilgi zilzilani boshidan o'tkazgan paxsa uylari orasida joylashgan.

Toshkent shahrining birinchi Imomlaridan biri hisoblanmish Abu-Bakr Muhammad Qaffol Shoshiyni o'z zamondoshlari hurmat bilan Hazrati Imom deb atashgan va aynan shu shaxs hozirgi muqaddas dargohning paydo bo'lishiga sabab bo'lgan.

Tillo Shayx masjidi, muqaddas Hazrati Imom maqbarasi, Imom al Buxoriy nomidagi Islom Instituti va Baroq-Xon(XVI asr) madrasalari ham Hasti Imom ansambli maydonidan o'rin egallagan.

Ushbu kompleksga tashrif buyurishning yana bir asosiy sabablaridan biri shundaki, musulmon olami uchun muhim sanalgan muqaddas Qur'on kitobi saqlanadigan, Sharq qo'lyozmalari bilan boyitilgan kutubxona ham shu yerdan o'rin olgan. Butun dunyoga mashhur bo'lgan 353 qoramol terisiga bitilgan Qur'oni Karimning xalifa Usmon nus'hasi aynan shu kutubxonada saqlanadi. Ushbu mashxur nus'ha arab mamlakatlarining Madina, Damashq va Bog'dod kabi shaharlarida unisidan bunisiga ko'chib yurib, oxir oqibat Amir Temur tashabbusi bilan yurtimizga qaytarilgan edi.

Hazrati Imom masjidi 2007-yilda yangi ko'rinishga ega bo'ldi. Hozirda ansambl XVI asr arxitekturasini saqlab qolgan ikkita minora va masjidni o'z ichiga oladi. Yilning quyoshli kunlari davom etayotgan bir vaqtda kunduzi bu yerda bemalol sayr qilib yurgan laylaklarni uchratish mumkin, tunda esa arxitektorlar tomonidan yaratilgan manzara sabab, kishi o'zini go'yo o'rta asrlarga tushib qolgandek his qiladi.



Joylashgan o'rni

  • Shahar: Tashkent
  • Manzil: Almazar district, Zarqaynar street 106

Bog'lanishlar