O'zbekiston Tarixi Davlat Muzeyi

Butun milliy tarix bir joyda mujassam

O'zbekiston Tarixi Davlat Muzeyi


Markaziy Osiyoning eng qadimiy muzeylaridan biri bo’lgan - O’zbekiston Tarixi Davlat Muzeyiga 136 yil ilgari asos solingan. Muzey kompozitsiyasi ibtidoiy jamoa davridan boshlab yangi tarixgacha bo’lgan davrlarga oid jami 250 ming eksponatni o’z ichiga. O’zbekiston tarixining turli davrlariga tegishli bo’lgan 60 ming arxeologik, 80 mingdan ziyod numizmatik va 16 ming etnografik yodgorliklar muzeyning to’rt qavatli binosi bo’ylab joylashtirib chiqilgan.

Muzeyning birinchi qavatida turli xil mavzularda o’tkazib turiladigan ko’rgazmalar uchun mo’ljallangan galereya joylashgan. Ikkinchi qavatda – Temuriylar sulolasi davriga qadar bo’lgan yuz yilliklarga ta’aluqli eksponatlar jamlanmasi namoyish etiladi. Buyerda eng sodda mehnat qurollaridan tortib, o’rta asrlarda Markaziy Osiyoning sivilizatsiya o’chog’i bo’lganligini isbotlovchi dalillar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Uchinchi qavatdan esa xonliklar davriga tegishli bo’lgan tarixiy yodgorliklar o’rin olgan. Xonliklar davrida O’zbekiston hududi uch qismga bo’lingan. Ma’lum vaqtdan so’ng, xonliklar – amirlik deya atala boshlandi, biroq davlat bohqaruvi usulida hech qanday o’zgarish kuztilmadi.

Muzeyning to’rtinchi qavati esa O'zbekiston Yangi Tarixi (19 – 21 asrlar) eksponatlari bilan boyitilgan. Ushbu bo’limda Turkistondagi teatr afishalarining birinchi na’munalari, jadidchilar chop etgan jurnal va gazetalar, O’rta Osiyo - Rossiya Imperiyasi mustamlakasi bo’lgan davrga oid turli rasmlar va kinotasmalar jamlangan.



Joylashgan o'rni

  • Shahar: Toshkent
  • Manzil: Rashidov shoh ko'chasi, 3

Bog'lanishlar