Temuriylar Tarixi Davlat Muzeyi

Amir Temur va Temuriylar sulolasi tarixi

Temuriylar Tarixi Davlat Muzeyi


Temuriylar Tarixi Davlat Muzeyi 1996 – yilda O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan, Amir Temur tavaluddining 660 yilligi nishonlanishi arafasida ochildi. 2007 – 2011 – yillar oralig’ida esa "Temuriylar davriga oid qo’lyozmalarni O’zbekiston hududi va uning tashqarisida o’rganinsh" keng qamrovli loyihasi amalga oshirildi va natijada Temuriylar sulolasiga tegishli bo’lgan yodgorliklar dunyoning turli burchaklaridan yurtimizga qaytib olib kelindi.

Hukumat taqdim etgan rasmiy ma’lumotlarga ko’ra hozirda, muzey fondida 5000 dan ziyod tarixiy yodgorliklar saqlab kelinmoqda. Muzeyning eng asosiy eksponati bu – xalifa Usmon Qur’on kitobining ko’chirma nusxasidir. Asl nusxa esa Hazrati Imom kompleksi tarkibiga kiruvchi Mo’yi Muborak madrasasida saqlanadi. Qolgan barcha eksponatlar turli xil mavzular ostida biriktirilgan holda alohida bo’limlarga bo’linib namoyishga qo’yilgan. Muzey binosining ichki qismini bezab turgan 8.5 metrli osma qandil asosiy zal uzra osilib, hamma joyni birdek yoritib turibdi.

Muzey egallagan nuqta ham bejiz tanlanmagan. Amir Temur Xiyoboni va uning markazidagi ot minib turgan sohibqiron haykali muzey binosidan atigi bir necha qadam uzoqda joylashgan.



Joylashgan o'rni

  • Shahar: Toshkent
  • Manzil: Yunusobod tumani, Amir Temur ko'chasi 1

Bog'lanishlar