Arisu Sarang

Sharqiy Osiyo taomlari restorani

Arisu Sarang


"Arisu Sarang Sushi & Bar" restorani Koreya madaniyatining barcha qirralarini o’zida mujassam etgan. Bu Restoranda Sharq tarovatini his etish mumkin. Restoran mashhur koreys milliy taomlari va zamonaviy Yapon ovqatlari aslida qanaqa bo’lishini ko’rsatib beradi. Bundan tashqari, turli Yevropa taomlari mazasini ta’tib ko’rish imkoniyati ham mavjud./p>

Restoranning shahar markazida joylashganligi, mijozlar uchun qo’shimcha qulaylik yaratadi. San’at namunalari bir birini to’ldirib turgan restoran ichki dizayniga ostonadan kirishingiz bilan baho berishingiz mumkin. Yorqin ranglar bilan ishlov berilgan dizayn restoranning sifat darajasidan darak berib turibdi.

Keng turdagi spirtli ichimliklar va alkogolsiz mahsulotlarni taklif etuvchi bar, yuqori marralarni zabt etgan oshpazlar, yuqori malakali xizmat ko’rsatuvchi xodimlar va poytaxtning iste’dodli sozanda va qo’shiqchilari restoranga alohida e’tibor bilan yondashilganligini ko'rsatib beradi.

"Arisu Sarang Sushi & Bar" restorani sharq madaniyati urf-odatlarini o’zida mujassamlashtirib, ularni boricha, ko’rsatib beruvchi ajoyib manzildir.



Joylashgan o'rni

  • Shahar: Tashkent
  • Manzil: Chexov ko'chasi

Bog'lanishlar