Di Gavi

Haqiqiy oq vino

Di Gavi


Gavi bu – Italiyaning vinolari bilan tanilgan Pyemonte viloyatida joylashgan vino ishlab chiqarishga ixtisoslashgan shaharcha. Turin shahridan janubda joylashgan Gavi shaharchasi o’zining Korteze navli uzumlaridan tayyorlangan oq vinolari bilan mashhur. Ushbu uzum navi limon va maxsus yog’da qovurilgan non ta’mini eslatuvchi haqiqiy sof vino olishga asos bo’lib xizmat qiladi. Gavi vinosini yengilligi, noodatiy ta’mi va minerallarga boyligi sababli "Shabli"ga tenglashtirishadi. Toshkent shahrida Gavi vinosing asl mazasini xuddi shu vinoga atab nomlangan restoranda ta’tib ko’rish mumkin.

Ajoyib ta’mli vinodan tashqari "Di Gavi" restoranida alohida "teppan-zali" bor bo’lib, u yerda nafaqat "teppan"da tayyorlangan ovqatlardan bahramand bo’lish, balki shou sifatida kechadigan ovqat tayyorlash jarayonini ham jonli kuzatish imkoniyati mavjud.

"Di Gavi" restoranining karaoke xonalarida esa mehmonlar qulayligi uchun barcha sharoit tayyor. Maxsus xonalar sifatli va haqiqiy jonli ovozni uzatib beruvchi zamonaviy akustik moslamalar bilan jihozlangan.

Restoran har kuni 12:00 dan 24:00 gacha ishlaydi.

Karaoke Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba va Yakshanba kunlari 19:00 dan 02:00 gacha Juma va Shanba kunlari 19:00 dan 24:00 gacha ishlaydi.



Joylashgan o'rni

  • Shahar: Tashkent
  • Manzil: Mirobod tumani, Shaxrisabz ko'chasi 16 А.

Bog'lanishlar