Le Grand Plaza Mehmonxonasi

O'z davrining to'rt yulduzlisi

Le Grand Plaza Mehmonxonasi


Toshkent shahrining markaziy mehmonxonalaridan biri bo’lgan Le Grand Plaza, asos solinganidan buyon Hindistonlik mehmonlarning asosiy tanlovi bo’lib qolmoqda. Mehmonxonaning qulay joyni egallaganligi – kerakli manzilga tez yetib olish imkonini beradi. Bundan tashqari, boshqa davlatlar elchixonalarining ko’pchiligi mehmonxona atrofidan o’rin olgan.

O’z vaqtida Le Grand Plaza mehmonxonasi 4 yulduzli mehmonxonalar safidan o’rin olgan, biroq tajribali sayohatchilarning firklariga tayangan holda shuni aytish mumkinki, so’nggi yiilar mobaynida, mehmonxona faoliyati va binosiga kerakli o’zgartirishlar kiritilmaganligi sabab, hozirda mehmonxona 4 yulduz talablarini qondirish imkoniyatiga ega emas.

Ta’kidlash joizki, mehmonxona xonalari turi va darajasiga mos ravishda bino qavatlariga e’tibor bilan taqsimlab chiqilgan. Jami, Prezident xonasi va chekmaydiganlar uchun mo’ljallangan xonalar bilan birgalikda mehmonxonada 163 ta xona mavjud.

Albatta, mehmonxona o’z mijozlariga bo’sh vaqtlarini qiziqarli o’tkazish imkoniyatlarini yaratib qo’ygan. O’z jismoniy holatiga alohida e’tibor beradigan mehmonlar La Brise de Vie trenajor zalidan yoki mehmonxona hovlisidagi ochiq basseyndan foydalanishlari mumkin. Ishonch bilan aytish mumkinki, yosh mijozlar buyerda zerikib qolishmaydi. Sababi, mehmonxonaning yuqori qavatlarida tunggi klublar, turli xil restoranlar, barlar va hatto karaoke bari ham faoliyat yuritadi.



Joylashgan o'rni

  • Shahar: Tashkent
  • Manzil: O'zbekiston ovozi ko'chasi, 2

Bog'lanishlar