Grand Toshkent mehmonxonasi

Hamyonbob mehmonxona

Grand Toshkent mehmonxonasi


Grand Toshkent mehmonxonasi 2007 – yilda ochildi va o’tgan o’n yil davomida ijobiy nom qozonib ulgurdi. Mehmonxona Toshkent shahrining markaziy qismidan joy olgan, shu bilan birga buyerdan aeroport va vokzalgacha 10 daqiqada yetib olish mumkin.

Mehmonxona taklif etadigan 27 ta xonaning 19 tasi oddiy va qolgan 8 tasi lyuks darajadagi xonalardir. Mehmonxona xonalariga zamonaviy uslubda ishlov berilgan va tashrif buyuruvchilarning qulayliklari yo’lida barcha sharoitlar muhayyo qilingan.

Mehmonxona ichki qismida shinam hovli qurib qo’yilgan. Uni bezab turgan mo’jazgina sharsharaning salqin shabadasi ostida issiq kunda mazali tushlik qilib olishingiz yoki bo’sh vaqtingizni o’tkazishingiz mumkin.

Bundan tashqari mehmonxona xizmat safari bilan tashrif buyurgan mijozlar uchun ikkita – kichkinasi 30 ta kattasi esa 70 tagacha qatnashchini o’z ichiga sig’dira oladigan majlislar zalini taklif etadi. Ikkala zal ham barcha kerakli anjomlar bilan jihozlangan va turli tadbirlarni o’tkazish uchun tayyor.



Joylashgan o'rni

  • Shahar: Tashkent
  • Manzil: Abdulla Qahhor ko'chasi 57

Bog'lanishlar