"Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmui

O’z vatani uchun shahid ketganlar xotirasi abadiydir

"Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmui


Sobiq sovet ittifoqi repressiyasi davri O’zbekiston tarixidagi eng qonli va adolatsiz davr sifatida esga olinadi. Mustaqillik haqidagi g’oyalarni o’z hayotini xavf ostiga qo’yib bo’lsa ham ilgari surgan buyuk siymolar hali hamon o’zbek xalqining yodida. Bu yo'lda o'zbek xalqining asl o'g'lonlari qatorida Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho’lpon kabi xalq qahramonlari ham shahid ketdi.

"Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q" deb ta'kidlagan edi O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti. Shahidlar xotirasi maydoni majmuasi 2000-yil, 12-mayda I. A. Karimov tashabbusi bilan o’z yurti ozodligi yo’lida shahid ketganlar xotirasiga hurmat belgisi sifatida ochildi. Majmua maydonidagi ayvonli gumbaz ostida turgan ramziy qabr satxida arab, ingliz va o’zbek tillarida yozilgan "O’z vatani yo’lida shahid ketganlar xotirasi abadiydir" so'zlari ajdodlarimizning ko’rsatgan yuksak jasoratlari evaziga ruhiy minnatdorchilik sifatida bitilgan so'zlardir.

Xotira maydoni majmuyi qurilgan joy ham bekorga tanlanmangan, negaki, Toshkent shahrining aynan shu qismida xalqning asl o'g'lonlari - milliy uyg'onish tarafdorlaro qatl etilgan.

Bugungi kunda Xotira maydoni majmuyi bog’, muzey, Bo'zsuv anxorining 2 qirg'og'ini birlashtirib turuvchi ko'prik va baland ustunlarga o'rnatilgan feruza rang qovurg'ali gumbaz (rotonda)dan tarkib topgan. Muzeyda tarixiy dalillarni isbotlovchi turli xil rasmlar, hujjatlar, qatag’on qurbonlarining shaxsiy buyumlari va boshqa eksponatlar to’plangan. Ularning orasida konsentratsion lager, qamoqxonalar maketlari va sovet davri repressiyasi ramzi bo’lmish, "qora qarg'a" ya'ni, qanchadan qancha yurtdoshlarimizni so’nggi manzilga olib ketgan NKVD xizmat avtomobilini uchratish mumkin.

Poytaxtning markaziy anhori bo’lmish Bo’zsuv anxori esa tun-u kun, tinimsiz oqishda davom etadi, go’yoki bu abadiylik, abadiy xotira ramzidir.



Joylashgan o'rni

  • Shahar: Toshkent
  • Manzil: Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko'chasi

Bog'lanishlar


What's close to this place