O'zbekiston mehmonxonasi

"Uzbechka"

O'zbekiston mehmonxonasi


Toshkent shahrining birinchi mehmonxonalaridan hisoblangan O’zbekiston mehmoxonasi deyarli 40 yil davomida mehmonlar bilan gavjum va allaqachon poytaxt ramziga aylanib ulgurgan. Mahalliy aholi orasida mehmonxona yumshoq "Uzbechka" nomi bilan tanilgan. O’zbekiston mehmonxonasi to’g’ri ma’noda shaharning qoq markazini egallagan. Bino derazalaridan Amir Temur xiyoboni manzarasini kuzatish mumkin. Mehmonxona binosi 2010 – yilda to’la ta’mirdan chiqarildi, biroq binoning yoysimon shakli va Sharqona old ko’rinishiga, ataylab, hech qanday o’zgartirish kiritilmadi.

Ko’pqavatli binodagi turli darajali 273 ta xonaning barchasi mehmonlarning qulayliklari uchun hozirlab qo’yilgan. Bundan tashaqari mehmoxona turli xil tadbir va marosimlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan – sig’imi 20 - 200 kishigacha bo’lgan – konferensiya zallarini (katta va kichik) ham taklif etmoqdi. Mehmonxona binosi ichida joylashgan restoran va kafelar, 24 soat faol turadigan biznes-markaz, o’z tarkibiga trenajor zali, sauna va go’zallik salonini olgan – "Shaherezada" kompleksi va yana boshqa qulaylikllar bir birini to’ldirib mehmonlar ko’nglini ovlash uchun xizmatda.

Sharqona mehmondo’stchilik, mahalliy va yevropa mazali taomlari oshxonalari, xizmatga shay xodimlar va mehmonxonadagi ajoyib muhit tashrif buyurchilarning ijobiy fikrlariga musharraf bo’lib kelmoqda.



Joylashgan o'rni

  • Shahar: Toshkent
  • Manzil: Musahonov ko'chasi, 45

Bog'lanishlar