Mega Planet

Birinchi va Eng yaxshi

Mega Planet


Savdo va ko'ngilochar markazi - Mega Planet bu - O'zbekistondagi eng birinchi hamda eng zamonaviy gipermarket hisoblanadi. Ilk kunlaridan hozirga qadar turli xaridlar va eng mashhur ko'ngilochar markaz sifatida tanilib kelgan joyning noodatiy dizayni bu - xorijlik arxitekturlar xizmati natijasidir.

Bino ostonasidan kirishingiz bilan, bu yerda barchasi yuqori did va e'tibor bilan uyushtirilganiga guvoh bo'lasiz. Birinchi qavatda, asosan, oziq - ovqat mahsulotlari savdosiga mo'ljallangan katta supermarket joylashgan. Ikkinchi qavat esa xaridlarni yoqtiruvchi mijozlar uchun aynan mos joy sanaladi, sababi bu yerda turli xil kiyim do'konlari har xil yuqori sifatli xorij mahsulotlarini taklif etmoqda. Uchinchi qavat butunlay bolajonlar ixtiyoriga topshirilgan. Bolalar maydonchasi va qiziqarli o'yin avtomatlari bolalarning zerikishiga also imkon qoldirmaydi. Turli xil kafelar va faqat eng so'nggi kinolarni namoyish etadigan 3D kinoteatr binoning yuqori qavatlaridan o'rin olgan.



Joylashgan o'rni

  • Shahar: Tashkent
  • Manzil: Ahmad Donish ko'chasi

Bog'lanishlar